Yettinchi sir 
MULOQOT QUVVATI
Ko'pchilik insonlarga xos muammolardan biri ularning seva bilmasliklarida emas, balki o'z hissiyotlarini ifodalay va o'tkaza olmasliklaridadir. Muhabbat va sevgi munosabatlarini yaratish uchun o'z hislaringni ifodalay bilish zarur. Bu men uchun eng katta muammo bo'lgani aniq. Mana shu bois men uchun Haqiqiy Muhabbatning eng katta sirlaridan biri muloqot quvvati bo'ldi.
Yigitcha ro'yxatidagi yettinchi Kris Palmer ismli kishi qarshisida o'tirardi. Janob Palmer  o'rta bo'yli, ozg'in, kulrang sochli va ochiq-moviy ko'zli, ellik yoshlardagi taksi haydovchisi edi.
Tush payti edi, ular taksi to'xtash joyi yaqinida ko'chadagi o'rindiqda yonma-yon o'tirib, buterbrod yerdilar.
 Ajablanarli joyi shundaki, menda shunday muammo borligini keksa xitoylik bilan uchrashgunimga qadar hatto anglamaganman ham,  dedi janob Palmer.  Kech tunda uyga qaytayotganimda u qo'lini ko'tarib, to'xtatdi. U vokzalga yetkazib qo'yishimni iltimos qildi, N'yu-Yorkka soat 11:20 da ketadigan poyezdga yetib borishi kerak ekan. Yo'lim garchi boshqa tomonga bo'lsada, uni eltib qo'yishga rozilik bildirdim.
Biz aniq biron narsa yuzasidan emas, shunchaki oddiy narsalar  yangiliklar, ob-havo, sport haqida suhbatlashib ketdik. Sekin-asta insonlar orasidagi munosabatlar va muhabbat mavzusiga o'tdik. Men unga bu mavzuda gaplashgim yo'qligini aytdim, o'sha paytda xotinim bilan og'ir fursatlarni kechirayotganim bois bu haqda o'ylashni istamasdim. Shunda u menga uzoq vaqt yodimda qoladigan bir gap aytdi:
  Insonlar aziyat chekadigan eng ko'p tarqalgan xastaliklardan biri  bir-biri bilan muloqot qilishni bilmaslikdir,  dedi.
Tabiiyki, men buni tushuntirib berishini so'radim, shunda u menga o'girilib dedi:
 Men xotiniga yaxshi ko'rishini so'nggi marta qachon aytganini eslolmaydigan odamni taniyman. Xotini qilayotgan xizmati uchun unga so'nggi bor qachon minnatdorchilik bildirgani ham uning hatto yodida yo'q. Bu kishi o'zini juda kuchli deb hisoblaydi, lekin o'zining yostiqdoshiga sevishini aytishga ham jasorati yetmaydi. Shunday holatni tasavvur eta olasizmi?
Men buni o'zimga yaqqol tasavvur eta olardim, chunki uning ta'rifi xuddi o'zimga to'g'ri kelardi.
  Lekin ishonchim komilki, uning qanchalik sevishini xotini biladi,  dedim men.
 Balki bilar, balki bilmas,  javob berdi u.  Balki unga har zamonda bu haqda eslatib turish kerakdir. Birovdan rahmat eshitish yoxud kimdir seni sevishini aytganini bilish naqadar muhimligiga ishonmaysiz. Bu inson tabiati bo'lagidir, har bir inson uni qadriashlarini sezishi kerak.
Men bu haqda hech qachon o'ylamaganimni aytdim. U menga qarab turdida, dedi:
- Bu Haqiqiy Muhabbat sirlaridan biridir...
muloqot quvvati.
Men undan tushuntirib berishini so'radim, lekin o'sha damda vokzalga yetib keldik. Chol chiqib, menga qayrilib dedi:
 Eltib qo'yganingiz uchun sizga rahmat, Bunday haydovchi bilan mashinada yurish menga
yoqimli bo'ldi.
Men esankirab qoldim. Taksi hayday boshlaganimdan buyon hech bir inson menga bunchalik minnatdorchilik bildirmagan va mashina haydashimni maqtamagandi. O'shanda u yo'lkira haqqini to'ladi va Yana bir bor rahmat sizga, dedi. Pulni qaytalab sanaganimda, ikki baravar haq to'laganini payqadim. Men uni chaqirib, ortiqcha berganini aytganimda, u jilmayib: Yo'g'-e, qiziqmisiz dedi va qayrilib nari ketdi.
Shunda pullarga qarab Haqiqiy Muhabbat sirlari degan sarlavha hamda o'nta ism va telefon raqami yozilgan maktubga ko'zim tushdi. Men taksidan sakrab tushdim, bu maktub unga kerak bo'lishi mumkinligini o'ylab, qariyaning ketidan yugurdim. Vokzal binosiga kirdim-u darhol ma'lumotlar xonasiga bordim, unga yetib olishga umid qilib, N'yu-Yorkka 11:20 da poyezd qaysi plat-formadan jo'nashini aniqlamoqchi bo'ldim. Ma'lu-motlar byurosida jadvalni tekshirib ko'rib, mening boynahoy adashganimni,  11:20 da N'yu-Yorkka jo'naydigan hech qanday poyezd yo'qligini aytishdi! Aslida, - deyishdi ular menga,  keyingi poyezd N'yu-Yorkka faqat ertaga ertalab jo'naydi. Keyingi kun cholning ro'yxatidagi hamma odamlarga qo'ng'iroq qilib chiqdim va ularning barchasi qariyani tanishlari hamda Haqiqiy Muhabbat sirlaridan boxabarliklaridan hayron qoldim. Bir necha hafta davomida galma-gal ro'yxatdagilarning har biri bilan uchrashdim va sirlar to`g`risida ko'proq bilib oldim. O'shanda uncha ishonolmagan kayfiyatda bo'isam-da, bu sirlar rostdan ham menga yordam berdilar. Ulardan ayniqsa, muloqot kuchi yaxshi tomonga o'zgarishimga sababchi bo'ldi.
Bilasizmi, masalan, o'zaro munosabatlarda muammolari bor insonlardan o'z ishkalliklarining sababi nimada deb hisoblashlarini sorashgan chog'da ularaing barchasi qiyinchiliklarimiz muloqotda deya bir xilda javob beradilar. Bu haqiqayt; biz bir-birimizga o'z hislarimiz haqida gapirmaymiz, o'zgalar bizga aytmoqchi bo'lgan so'zlarni eshitmaymiz. Ko'plar hatto taom yeyish chog'ida ham indamaydilar, buning o'rniga televizor qarshisida o'tirib ovqatlanadilar. Bu kun sayin davom etaversa, rostakam muloqotdan mahrum bo'lamiz va oqibatda haqiqatda yaxshi ko'rishni bas qilamiz.
Yigitcha yondaftarchasiga nimalarnidir yozdi, janob Palmer esa davom etardi:
 Yaxshi ko'rishni o'rganish uchun avval muomalani o'rganish kerak, men esa buni hech qachon to'g'ri bajarolmasdim. O'z muammolarimni ichimda saqlardim va birov bilan hissiyotlarimni kam bo'lishardim. Chol bilan uchrashganimdan bir kun o'tib, xotinimga uni yaxshi ko'rishimni aytmoqchi bo'ldim. So'nggi bor unga bunday so'zlarni aytganimni hatto eslolmadim ham. Bir necha bor aytishga og'iz juftlayman-u, lekin nima uchundir aytolmayman. Oxir oqibatda ko'proq havo yutim-da, Seni sevaman deya tezda aytvordim. Xotimm go'yo birinchi bor ko'rayotgandek menga tikilib qoidi. U shunchalar lol qolgandiki, gapirgan gapimni takrorlashimni so'radi. Bu safar yengilroq
ko'chdi. Uning ko'zlari yoshga to'lib, meni quchib oldi va: Men ham seni sevaman, dedi.
Bu shunchalar yoqimli ediki, garchi ancha kech
tushib qolgan bo'lsada, kollejda o'qiydigan o'g'limga qo'ng'iroq qilib, uni yaxshi ko'rishimni aytdim.
U ulg'aya boshlaganidan beri bu uchta so'zni unga
qachon aytganimni bilmayman. U telefon go'shagini ko'targanida:  Saymon, senga qo'ng'iroq qilganimning sababi shundaki, seni yaxshi ko'raman,
demoqchiman. O'ylaymanki, bu haqda senga aytish
fursati yetdi,  dedim. Aloqaning narigi tomonida
jimlik cho'kdi keyin u: Dada, sizga nima bo'ldi,
ichib oldingizmi? Soat necha bo'lganini bilasizmi?  dedi. Uning vaqti ikki soat ilgari yurishi
yodimdan ko'tarilgan ekan. Men: Kechir, o'g'lim,
seni uyg'otib yubordim, shekilli. Men butunlay
hushyorman, shunchaki seni yaxshi ko'rishimni
bildirib qo'ymoqchi edim,  dedim. Shunda u:
Buni bilaman, dadar lekin baribir buni eshitish
g'oyat yoqimli bo'ldi. Aytmoqchi, men ham sizni
yaxshi ko'raman. Endi uxlasam maylimi?.
Ayrim kishilarga bu uchta so'z shuncha o'zgarishlarga sababchi bo'lishini eshitganda kulgili tuyulishi mumkin, lekin, hoynahoy, ular buni aytib ko'rmagan bo'lsalar kerak.
Yigitcha og'ir xo'rsindi. U shunday kishilardan biri edi. U shunday so'zlarni sevgilisi tugul, hatto o'z onasiga ham hech qachon aytolmas edi.
- Agar biz muloqot qilishni bilmasak va o'z hislarimizni ifodalay olmasak, - davom etdi janob Palmer, - biz mehrni berolmaymiz ham, ololmaymiz ham. Bu haqda qancha ko'p o'ylarkanman, buning naqadar muhimligini shunchalik ko'p angladim.
 O'zimni xulqimni o'rganib chiqdim va nafaqat hech qachon birovni yaxshi ko'rishimni aytmaganim, hatto kimgadir xushomad ham qilmaganim yoki odamlarga ularni qanchalik qadrlashimni ham bildirmaganimga iqror bo'ldim. Xotinim yigirma yildan ziyod kirimni yuvib, ovqatimni tayyorlasada, biror marta unga rahmat aytmabman.
Bilasizmi, shunday ajab voqealar ro'y berdi; o'z hissiyotlarimni ifodalay boshlashim va xotinim hamda meni qurshagan odamlarni naqadar qadrlashim va ular haqida qayg'urishimni bildirganimdan keyin ularning menga nisbatan munosabati tubdan o'zgardi. Ular mem qanchalar yaxshi ko'rishlari hamda qadrlashlarini ayta boshladilar va bu bizning o'zaro munosabatlarimizga ijobiy ta'sir qildi, endi rostmana va ochiq muloqot qila boshlagandim.
  Siz hech qachon tashvishlaringizni birovga aytmaganman, demoqchimisiz ?  dedi yigitcha.  Bu shunchalar muhimmi?
  Ha. Buni eslatganingizdan xursandman. Sevish  bu bo'lishish va muloqot qilish. Bu faqat birovga nisbatan hissiyotlaringiz bilan chegaralanmaydi. Bu sizning umidlaringiz, xavotirlaringiz va umuman muammolaringizga taalluqlidir. Barcha hissiyotlaringizni ichingizga qamab o'tirsangiz, o'zingiz indamas va tushkun ahvolda qolganingiz kamday, buning ustiga yaqinlaringizga o'z yordamlarini berish, yaxshi ko'rish yoki qo'llab-quvvatlashga yo'l qo'ymaysiz ham.
Yigitcha keksa xitoylikning quyidagi so'zlarini esladi: Har bir muammo o'zi bilan birga hayotni boyitadigan hadya olib keladi. Vilyams xonim ham shu haqda gapirgandi. Balki bunda rostdan ham qandaydir ma'no bordir, deb o'yladi.
 Men zarracha shubha qilmayman,  dedi janob Palmer,  mehrni sezish va o'zaro munosabatlarni yaxshilash uchun insonlar muloqot qilishni
o'rganishlari kerak. Odamlar o'zlarini sevimli hisoblashlari uchun ularni qadrlashlarini anglashlari kerak. Eng muhim kashfiyotim shundan iboratki, muhabbat yozib, qayd qiladigan narsa emas. Odamlar ko'pincha kimnidir sevsang, bo'ldi, oldinda baxtga to'la hayot seni kutmoqda, deb o'ylaydilar. Aslida muhabbat beharakat emas, u misoli bir o'simlikka o'xshaydi, yoki o'sadi va gullaydi, yoxud so'ladi va o'ladi. Hammasi unga bo'lgan munosabatimizga bog'liq. Muloqot go'yo suvga o'xshaydi, usiz o'simlik qurib qoladi.
Yigitcha o'z yaqinlariga qanday e'tibor bilan qarashini aytishdan nihoyatda qo'rqqan chog'dagi voqealarni xotirlab chetga qaradi.
  Nima haqda gapirayotganingizni tushunib turibman, - dedi yigitcha janob Palmerga qarab,  lekin muloqotga qanday o'rganish mumkin?
  O'zim ham muloqotni bilmasdim. Muloqot quvvatini o'rganganimdan keyin munosabatlarimni shunchalar yaxshiladiki, hayotim butkul o'zgardi,  dedi janob Palmer.
  Lekin har bir inson muomalaga o'rganishi mumkinligiga imonim komil. Faqat qo'rquvlarni yengish zarur. Ayrim kishilar ularning so'zlari tentaklarcha eshitiladi yoki o'zga kishi uni nari itaradi, deb xavotirlanadilar. Menga juda soz maslahat berdilar va uni doimo esda tutaman. O'zingizga faqat bitta savol berishingiz kerak: Mabodo yaqinda vafot etishingga to'g'ri kelsa-yu istagan kishingga qo'ng'iroq qilib gaplashish imkoning bor bo'lsa, kimni tanlarding va unga nima derding... nima sababdan bunga hoziroq kirishmayapsan?
Har safar biror kimsa bilan uchrashuvingiz eng oxirgisi bo'lishi mumkinligini doimo yodingizda tuting, shu bois ularga aytadigan fursatda istagan gapingizni gapirib qoling. Hayotdagi eng katta xafagarchiliklardan biri inson vafot etmasidan burun unga qanday munosabatdaliging va uning sen uchun naqadar muhimligini o'ziga aytmay armonda qolishingdir.
Munosabatlar orqali yig'iluvchi muammolarning oldini olish uchun muloqotda bo'lish kerak. Aslida bunday muammolarning ko'pi bir tomon yoki har ikkala sheriklarning o'z o'y-fikrlari hamda hislarini bir-biriga aytolmasliklaridan kelib chiqadi. Natijada ranj va g'azab yig'ilib borib, oxir-oqibatda kimdir o'zidan chiqib, portlaydi. Agar muloqotga o'rganganimizda edi, mayda muammolarni tadqiq qilish va hal etish juda oson kechar edi. Buning ma'nosi bizni suyganlarga o'z o'z-fikrlari va hislarini ifodalashni o'rganish hamda boshqalarning o'z hissiyotlari haqida gapirishlarini eshita bilish demakdir. Odamlar boshqalarning so'zlarini tinglaydilar, lekin aynan nima deyishlarini eshitmaydilar.    Va albatta, agar o'z hislarimizni ifodalay olmasak,  tushuntirdi janob Palmer,  biz hatto munosabatga kirisholmaymiz, ahir, biron qizni taklif etmay turib, u bilan uchrashish qiyin, shundaymi?
Yigit bosh irg'adi va nigohini yana chetga qaratdi. O'z hislarini aytishdan xavotirlanib, qancha imkoniyatlarni boy bergandi.
_ Ahvoling joyidami? - so'radi janob Palmer biroz sukutdan keyin, yigit ko'chaning nargi tomoniga tikilgancha xayolga cho'gandi.
- Ha. Hammasi joyida. Shunchaki o'ylanib qoldim, - dedi yigitcha diqqatini yana janob Palmerga qaratarkan.
- Bilasanmi, - dedi janob Palmer, - biz muloqotga o'rganayotganda, o'z kechinma va hissiyotlarimizni oshkora va rostmana bo'lishganimizda hayotimiz o'zgaradi. Bu o'rmonda adashib qolgan odam  voqeasiga o'xshaydi.
 Bu qanday voqea?  so'radi yigitcha.
-  Bir  odam  o'rmonda  adashib   qolibdi,
o'rmondan chiqib ketish umidida garchi har safar bir nechta so'qmoq orqali borsada, ularning barchasi avval o'sha yo'lini boshlagan joyga keltiraveribdi.
Yana bir nechta so'qmoq qolgan ekan, u horigan va och ahvolda qay birini tanlashni bilmay, o'ylab ko'rish uchun o'tiribdi. Qanday qaror qabul qilishni o'ylab o'tirsa, boshqa sayyohning u tomonga kelayotganini ko'ribdi.
Unga: Menga yordam bera olasizmi? Adashib qoldim,  deya qichqiribdi. Ular nima sodir bo'lganini bir-birlariga gapirib berishibdi va har ikkalasi juda ko'p so'qmoqlardan yurishgani oydinlashibdi. O'zlari o'tgan adash so'qmoqlardan o'tmaslikda bir-birlariga yordam bera olishibdi. Tez orada charchoq va ochlikni unutib, boshlaridan o'tgan savdolardan kulishib, o'rmonda birgalikda yo'lga tushibdilar.
Umr o'rmonga o'xshaydi, gohida adashamiz va nima qilishni bilmaymiz, lekin o'z kechinmalarimiz va tajribalarimizni birov bilan o'rtoqlashsak, sayohatimiz unchalik yomon tuyilmaydi va yaxshiroq so'qmoq, tuzukroq yo'larni ba'zan topa olamiz.
Kechqurun yigitcha shu kuni yozganlarini qaytalab o'qidi:

   Haqiqiy Muhabbatning yettinchi siri-
muloqot quvvati.

* Biz oshkora va rostgo'ylik bilan muloqot qilishni o'rgangan chog'imizda hayotimiz o'zgaradi.
* Kimnidir sevish u bilan muloqotda bo`lishni bildiradi.
* Yaxshi ko`rishingizni va ularni qadirlashingizni 
odamlarga bildiring. "Men seni sevaman" degan bu uch sehrli so`zni aytishdan hech qachon qo`rqmang.
* Kimnidir maqtab qo`yish imkoniyatini hech 
qachon boy berib qo`ymang.
* Yaxshi ko`rgan kishingizga mehrli so`zlarni doimo ayting, ehtimol uni oxirgi marta ko`rayotgandirsiz.
* Basharti siz yaqinda vafot etishingizga to'g'ri kelsay-u istagan kishingizga qo'ng'iroq qilish im-koningiz bo'lsa, kimni tanlardingiz va ... nima sababdan bunga hoziroq kirishmayapsiz?